Angliyada “yangi Xoland” paydo bo‘ldi. U 100 million funtga baholanmoqda

  • 15 sentabr, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning grand klublaridan “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Arsenal” Premer-ligada porlay boshlagan Evan Fergyusonni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Irlandiyalik hujumchi Premer-liga doirasidagi uchrashuvida “Nyukasl” darvozasiga uchta gol urganidan keyin xaridorlari birdan ko‘payib ketdi.

Angliyalik jurnalistlar Fergyusonni “yangi Xoland”, deb atay boshladi.

Hujumchiga egalik qiluvchi “Brayton” grandlar e’tiboridan xursand. Bu klub xo‘jayinlari to‘purarni 100 million funtga baholayapti va transferdan mo‘may daromad ishlab olmoqchi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!