
Antuan Grizmann hamyurti Zinedin Zidanga etib oldi
Millatlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan Frantsiya — Xorvatiya o‘yinda (0:1) Antuan Grizmann zaxiradan maydonga tushdi. Mazkur bahs futbolchi uchun terma jamoa safidagi 108-uchrashuv bo‘ldi va bu borada “uch ranglilar”ning sobiq sardori Zinedin Zidanga etib oldi.
Grizmann Frantsiya terma jamoasida 2014 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Antuan bu vaqt davomida 42 gol va 31 assist muallifiga aylandi. Frantsuzlar safida hujumchi jahon chempionati (2018) va Millatlar ligasi (2020/2021 yilgi mavsum)da g‘olib chiqqan.
Zidan 1994 yildan 2006 yilgacha Frantsiya terma jamoasida sharafini himoya qilgan bo‘lib, 108 uchrashuvda 31 gol va 30 assistni amalga oshirgan. Zidan “uch ranglilar” bilan 1998 yilgi Mundialda va 2000 yilgi Evropa chempionatida g‘alaba qozongan.
Fikrlar