APL. "Manchester Siti" Xolandning dastlabki daqiqalarda kiritgan goli evaziga "Brentford"dan ustun keldi

  • 05.10.2025 22:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining 24-turida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" safarda "Brentford" bilan kuch sinashib, minimal 1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Uchrashuvni hal qilgan, "shaharliklar"ning yagona golini jamoa hujumchisi Erling Xoland 8-daqiqada kiritdi. Norvegiyalik forvard Yoshko Gvardiolning pasidan so‘ng ichki chempionatdagi 9-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, manchesterliklar ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 13 taga etkazib olib, 5-o‘ringacha ko‘tarildi. "Brentford" esa 7 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
236.png

Brentford

Tugadi
0 : 1

05.10.2025 20:30

9.png

Manchester Siti

  • Erling Haaland 9'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!