APL. "Midlsbro" kichik hisobda "Xall Siti"ni engdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliya chempionati 14-tur so‘nggi o‘yinida "Xall Siti" safarda "Midlsbro" mehmoni bo‘ldi. 

Murosasiz va kurashlarga boy kechgan o‘yinda yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Ramires tomonidan kiritilgan gol "Midlsbro"ning g‘alabasini ta’minladi. 

Middlsbro  – Xall 1:0

Gol: Ramires, 60

Middlsbro: Valdes – Barragan, Cheymbers, Gibson, Fabio – de Roon, Kleyton, Forshou – Ramires (Dauning, 87), Fisher (Stuani, 81) – Negredo.

Xall: Marshall – El-Moxamadi, Douson, Devis, Robertson – Snodgras, Livermor (Xaddlstoun, 62), Klukas, Meyson (Boven, 62) – Xenriksen (Meyler, 81) – Diomande.

Ogohlantirishlar: Fabio – Livermor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!