
APLda aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
Angliya premer-ligasi yakuniga etayotgan aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi.
Tashkilot rasmiy saytida e’lon qilingan ro‘yxatda Xosep Gvardiola («Manchester Siti»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Skott Parker («Fulxem») va Nunu Eshpiritu Santu («Vulverxempton») kabi mutaxassislar nomi bor.
Eslatib o‘tamiz, «Man Siti» o‘tgan oy APLda o‘tkazilgan 5ta o‘yinning 5tasida g‘alaba qozondi. «Liverpul» esa 5ta o‘yindan 4tasida g‘alaba va 1ta durang qayd etdi.
«Fulxem» esa 4ta o‘yindan 3tasida g‘alaba, 1tasida esa mag‘lubiyat qayd etdi. «Vulverxempton» esa 5ta o‘yindan 3tasida g‘alaba qozondi, 1tasida durang qayd etdi va 1tasida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar