APLning 10 va 11-turida VAR jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan

  • 23 noyabr, 2019, 14:46
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer Ligasining xakamlar rahbari Maykl Rayli VAR tizimining xatolari haqida ma’lumot berdi.

Tecno

"APLning 10-11-turlarida xakamlarning qarorini noto‘g‘ri tarzda rad etgan VAR 4 bor xatoga yo‘l qo‘ydi.

Biz mukammallikdan yiroqdamiz, qilayotgan ishlarimizni yaxshilashimiz va sifatini oshirishimiz kerak," - dedi Rayli 20 ta klubning vakillari yig‘ilishida.

Quyidagi 4 ta holatda VAR noto‘g‘ri ishlagan:

"Brayton" - "Everton" (3:2). 26 oktyabr. Uchrashuvning 77-daqiqasida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilangan.

"Norvich" - "Mancester Yunayted" (1:3). 27 oktyabr. Bellashuvning dastlabki bo‘limida penalti belgilangan vaziyat.

"Arsenal" - "Kristal Pelas" (2:2). 27 oktyabr. Kalum Chembers qoida buzganining evaziga Papastatapulosning kiritgan g‘alaba golini VAR rad etdi.

"Uotford" - "Chelsi" (1:2). 2 noyabr. Mezbonlar hujumchisi Jerar Delofeuga qarshi ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng, londonliklar darvozasi tomon penalti belgilangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Admiral_uz
23/11/2019 15:02
APL Dan VAR ni yo'qotish kerak o'yinning jozibasini buzyapti