
Argentina muddatidan oldin pley-off masalasini hal qildi
20 yoshlilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan Argentina - Gvatemala uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Dastlab, Veliz hisobni ochgan bo‘lsa, Romero oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Perrone hisobni yiriklashtirdi.
Shu tariqa, Argentina 6 ochko to‘plagan holda guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Gvetamala esa 0 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar