"Arsenal" jarohat olgan hujumchisi o‘rniga katta pul sarflamoqchi emas

  • 20.08.2025 22:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun "Arsenal" hujumchisi Kai Xaverts tizzasidan jarohat olib, safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, klub rahbarlari uning o‘rnini to‘ldirish uchun katta mablag‘ sarflashni rejalashtirmayapti.

Agar jarohat og‘ir bo‘lib chiqsa, "kanonirlar" "Real" hujumchisi Rodrigoni xarid qilishga urinmaydi. Bu haqida "The Telegraph" nashri xabar berdi. Uning o‘rniga ijara yoki nisbatan arzon narxga futbolchi izlanadi.

Shu bilan birga, katta sarf-xarajatdan qochish istagi londonliklarni Jeymi Vardi bilan kelishuvga olib kelishi mumkin. Biroq, hozircha bunga ishora qiladigan dalillar yo‘q.

Shuningdek, ehtimoliy nomzodlar sifatida Marko Asensio (PSJ), Eberechi Eze ("Kristal Pelas") va Nikolas Jekson ("Chelsi") tilga olinmoqda. Ammo har bir variant turli sabablarga ko‘ra, amalga oshishi qiyin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!