"Arsenal" muxlislari uchun xushxabar

  • 28.01.2023 15:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal"ning 21 yoshli futbolchisi Gabriel Martinelli klub bilan amaldagi shartnomasini yangilash bo‘yicha kelishib oldi. Yangi bitim 2027 yilgacha amal qiladi, deya xabar tarqatdi "The Athletic" nashri.

Mish-mishlarga ko‘ra, braziliyalik vingerni "Barselona" kuzatib bormoqda. Ammo endi yangi shartnoma imzolanganidan keyin ushbu transfer amalga oshish ehtimoli past.

Martinelli ushbu mavsum Artetaning asosiy o‘yinchilar qatoriga kirib oldi. U "Arsenal" safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!