“Arsenal” raqibni urgan eng qimmat futbolchisidan voz kechadi

  • 25.11.2020 13:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta klubning eng qimmat transferi egasi bo‘lgan Nikolya Pepega javob berib yuboradigan bo‘ldi.

London klubiga o‘tgan yili 80 million evroga olib kelingan ivuarlik futbolchi “Lids”ga qarshi uchrashuvda raqib futbolchisi bilan kelisha olmay qoldi. O‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritish maqsadida Pepe avvaliga raqibini turtkiladi, keyin boshi bilan uning yuziga zarba berdi. Tabiiyki, hakam uni maydondan haydadi.

Katta summaga xarid qilingani qaramay, ikki mavsumdan beri o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olmayotgan Pepe o‘z ustidan ko‘proq ishlashi kerak. Agar uning o‘yini va axloqida yaxshi tomonga o‘zgarish kuzatilmasa, klub futbolchini yozda transferga qo‘yishga qaror qilgan.

Gvardiola rahbariyatdan zo‘r futbolchini olishni talab qilyapti

“Barselona” Dembele uchun anchagacha pul to‘laydi. Uning narxi 130 million evrodan o‘tdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!