“Arsenal” Usmonni oladi

  • 15 sentabr, 2023, 15:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya chempionatida “Sporting” jamoasi sharafini himoya qilayotgan ivuarlik himoyachi Usmon Diomande faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta bu o‘yinchini o‘z jamoasi tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Record nashrining yozishicha, londonliklar yozda 19 yoshli himoyachi transferi bo‘yicha ish yuritgandi. Biroq Lissabon jamoasini “Arsenal”ning 35 million evrolik taklifini qabul qilmadi.

“Arsenal” mutasaddilari bu masalani kelasi yoz davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mikel Arteta bu futbolchi jamoaning himoya qobiliyatini kuchaytirishiga ishonyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!