
"Arsenal" va "Yuventus" "yangi Anri" uchun kurashadi
"Slaviya" hujumchisi Abdalla Sima faoliyatini top klubda davom ettirishi mumkin.
"Calciomercato" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi xizmatiga "Arsenal" va "Yuventus" klubalari qiziqish bildirmoqda. Xorij matbuotida Simani "yangi Anri" deya atashmoqda.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli futbolchi joriy mavsum "Slaviya" safida 18ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar