
“Arsenal”da katta yo‘qotish
Angliya premer-ligasining hal qiluvchi pallasida “Arsenal” katta yo‘qotishga duch keldi.
The Athletic nashrining yozishicha, jamoa to‘purari Gabriel Martinelli endi bu mavsum jamoasiga yordam bera olmaydi.
Braziliyalik futbolchi “Brayton”ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi. Chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlar futbolchi qolgan bahslarda qatnasha olmasligini ko‘rsatdi.
Martinelli Braziliyaning “Ituano” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Kanonirlar” uni 2019 yili 7,1 million evroga transfer qilgandi.
Gabriel joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 36 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi.
Fikrlar