
Asensio "Real"da nechanchi raqamda to‘p tepishni xohlaydi?
"Real Madrid" klubi yarim himoyachisi Marko Asensio kelajakda nechanchi raqamda to‘p tepishni xohlayotganini aytib o‘tdi.
- Krishtianu Ronalduning jamoani tark etganidan so‘ng raqam tanlash huquqiga ega bo‘lmadim. Kelajakda 10-raqamda to‘p tepishni xohlardim. Bugungi kunda Modrich bu raqam ostida ajoyib futbol namoish qilmoqda, - dedi Asensio.
Eslatib o‘tamiz, "madridliklar"ning 7-raqami "Yuventus"dan qaytgan Mariano Diasga tegishli.
Fikrlar