"Astoni Villa" Starrijni APLga qaytarmoqchi

"Aston Villa" "Trabzonspor" hujumchisi Deniel Starrij bilan shartnoma imzolash niyatida. Bu haqida TalkSport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, birmengemliklar forvardning transferi uchun 4,2 million funt sarflashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Starrij "Trabzonspor" safiga o‘tgan yil yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Uning turk klubi bilan shartnomasi 2022-yil iyul oyigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!