
"Atletiko" "Barselona"ni so‘nggi bor qachon mag‘lub qilganini bilasizmi?
"Barselona" La Liganing 29-turida "Atletiko" maydoniga safar qiladi. Mazkur to‘qnashuv katta ehtimol bilan Xavining "matraschilar"ga qarshi so‘nggi o‘yini bo‘ladi.
Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida kataloniyaliklar ilk bor La Liga doirasida to‘qnash kelganda uning shogirdlari "Atletiko"ni 2:4 hisobida taslim qilgan. O‘sha uchrashuvda Alba, Gavi, Arauxo va Alveslar bittadan gol urgan bo‘lsa, Karrasko va Suareslar javob qaytarishgan. Shundan beri chempionatdagi o‘yinlarda Xavi umuman Madrid jamoasiga mag‘lub qila olgani yo‘q. 4 ta bahsning barchasida "Barsa" zafar quchgan.
"Atletiko" so‘nggi marta Kataloniya klubini 2021 yilda taslim qila olgan. Mazkur o‘yin Luis Sauresning goli bilan yaxshi eslanadi. Urugvayli hujumchi yozgi transferlar oynasida sevimli jamoasini tark etishga majbur bo‘ladi. Bunga Ronald Kuman sababchi, deyilgan va gol urgan Saures niderlandiyalik murabbiyga quyidachi ishora bilan javob qaytargandi.
Shundan beri "Atletiko" "Barsa"ga qarshi muvaffaqiyatga erisha olmayapti. Bugun Diego Simone shogirdlari qora an’anaga nuqta qo‘yishga harakat qilib ko‘radi.
Fikrlar