"Atletiko" etakchilaridan biri jamoadan ketmoqchi

  • 11 aprel, 2019, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Saul Niges yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli ispaniyalik futbolchi sovrinlar yutish uchun nisbatan kuchliroq jamoa safiga ko‘chib o‘tmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Saulga "Barselona", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalardan jiddiy qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Saulning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan. Uning tovon puli esa 150 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!