Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvida nimalar ro‘y berdi? Terma jamoamizning tarixiy goli

  • 23 yanvar, 2024, 18:33
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Osiyo kubogi uchinchi turida Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Kengrular” keyingi bosqich masalasini allaqachon hal qilgan. Hamyurtlarimiz ham bir oyog‘i bilan pley-offda edi. Faqatgina kim guruhda birinchi o‘rinni egallashiga oydinlik kiritib beradigan bahs guvohiga aylandik.

Dastlabki daqiqalardan raqib katta kuch bilan oldinga o‘tdi. Avstraliyaliklar ketma - ket urinishlar amlaga oshirdi. Biz esa qarshi hujum taktikasiga tayandik.

11-daqiqada chap qanotdan utatilgan to‘pni darvozaga kiritdi. Yaxshiyamki baxtimizga sal avvalroq o‘yindan tashqari holat qayd etilgandi.

Keyinroq vakillarimiz o‘ng qanotdan kombinatsiya uyushtirdi. Ammo hujum zarba bilan yakunlanmadi.

Taym o‘rtalarida Umar Eshmurodov o‘tib ketayotgan raqibini to‘xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. Jarima zarbasidan esa avstraliyaliklar samarali foydalana olmadi. Yo‘naltirilgan to‘p ancha noaniq ketdi.

37-daqiqada terma jamoamiz sardori Otabek Shukurovda 2 ta imkoniyat bo‘ldi. Jarima maydoni ichidan yo‘llagan to‘plarni himoyachilar bloklay oldi. 

41-daqiqada raqibimizning 10-raqamli futbolchisi 3 futbolchimizni aldab sherigiga to‘pni oshirdi. Ammo uning jamoadoshi qulay vaziyatni ko‘kka sovurdi. Ammo bu vaziyatni VAR orqali ko‘rib chiqildi va penalti belgilandi. Odil Hamrobekov yiqilayotganda to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topildi. 11 metrdan to‘pni Martin Boyle darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi.

IMG_20240123_184715_061

Tanaffusda Oston O‘runov o‘rniga Jaloliddin Masharipov maydonga tushirildi. 51-daqiqada aynan Abbosbek Fayzullaev ishlagan jarima zarbasini Masharipov amalga oshirdi. Jaloliddin tepgan to‘p noaniq ketdi.

O‘yinning uchdan bir qismi o‘tib borayotganda Jaloliddin Masharipov standartdan to‘pni Umarbek Eshmurodovga tashlab berdi. Himoyachimiz gol urdi. Biroq yon hakam bayroqchasini ko‘tarib ofsayd qayd etdi.

64-daqiqada Abbos Fayzullaev o‘rniga Igor Sergeev, Hojimat Erkinov o‘rniga Azizbek Turg‘unboev maydonga tushdi.

Masharipov chap qanotdan oshirgan to‘pni Azizbek Turg‘unboev baland bo‘yli himoyachidan o‘tib bosh bilan gol urdi. Tarixiy gol. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar asosiy ishni bajardi.

IMG_20240123_183050_361

83-daqiqada Igor Sergeev jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o‘rnini Jamshid Iskanderov to‘ldirdi.

Qolgan daqiqalarda jamoalar har qancha harakat qilmasin darvozalarga boshqa yo‘l topilmadi. Natijada O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhda ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
23/01/2024 19:07
Қийин бўлди. Хулоса қилиш керак ўйинчилар. Бир амаллашди. Раҳмат шунисига ҳам.