
Aziz G‘aniev o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ydi (video)
Aziz G‘aniev harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi BAA kubogi chorak finalidan o‘rin olgan bahsda ishtirok etdi. "Korfakkan" klubi maydoniga safar qilgan dubayliklar 4:2 hisobida zafar quchdi.
Mazkur bahsda to‘liq harakat qilgan hamyurtimiz o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Ya’ni, Aziz 18-daqiqada Eldon Ramushning goliga uzatma amalga oshirdi. Uning o‘ng qanotdan jarima maydoni ichiga oshirgan to‘pini jamoadoshi darvozaga kiritib, sheriklariga ishonch bag‘ishladi.
Endi chorak finalning javob uchrashuvi 26 yanvar kuni "Al-Rashid" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar