Badavlat klub "Milan" yulduzi bilan muzokara boshladi
Londonning «Chelsi» klubi «Milan» darvozaboni Mayk Menyanni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqida Milan News 24 nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, londonliklar futbolchining agentlari bilan muloqotni faollashtirgan. Menyanning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Fransiya terma jamoasi posboni o‘tgan mavsumda italyaliklar safida 41 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda Mayk Menyan 38 ta gol o‘tkazib yubordi, 16 ta uchrashuvni esa darvozasini daxlsiz saqlagan holda yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumdan boshlab «Chelsi» jamoasini Xabi Alonso boshqarishi kutilmoqda.

Fikrlar