Bahodir Jalolov yangi promouterlik shartnomasi imzoladi (foto)

  • 12 mart, 2022, 00:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning og‘ir vazn toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan Bahodir Jalolov Probellum kompaniyasi bilan qo‘shma hamkorlik shartnomasi imzoladi. Bu haqda kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilindi. Jalolov Lou DiBella raxbarligidagi DiBella Entertainment kompaniyasi mijozi hisoblanadi. Endilikda, bunga qo‘shimcha ravishda Probellum kompaniyasi bilan ham hamkorlik qiladi. 

Bir necha kun oldin DiBella ham Probellum tarkibiga promouter sifatida qo‘shilgani e’lon qilingandi. 

Richard Shefer tomondan 2021 yilda tashkil qilingan bu kompaniya havaskor boksda yuqori natijalarga erishgan bokschilarni o‘z tarkibiga qo‘shib, ularni professional yo‘nalishda jahon chempionlik kamari uchun olib chiqishni niyat qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 18 mart kuni Dubay shahrida tashkil etiladigan jang oqshomida polshalik Kamil Sokolovskiga (11-25, 4KO) qarshi jang o‘tkazadi.

IMG_20220312_002212

Mirzakamol Nematov Toshkentda jang o‘tkazadi, raqib ham aniq bo‘ldi

Bahrom Fozilovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi, u Toshkentda ringga ko‘tariladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!