Baneganing Evropadagi faoliyati yakuniga etishi mumkin

  • 3 iyun, 2019, 12:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" klubi yarim himoyachisi Ever Banega faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.

Tecno

El Desmarque nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli argentinalik futbolchiga "Boka Xuniors" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu klub Banegaga 3 yillik shartnoma va 1,5 – 2 mln evro atrofida maosh va’da qilmoqda.

Futbolchining o‘zi hozircha kelajak faoliyati borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Uning andalusiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!