
“Barsa”, “Real” va “Siti” bir hujumchini talashyapti
Bilbaoning “Atletik” jamoasi hujumchisi Niko Uilyamsning ishlari yurishib ketdi. Iste’dodli futbolchi Evropaning grand klublari orasidan o‘zi istaganini tanlash imkoniga ega bo‘lyapti.
Taniqli insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, ispaniyalik hujumchiga hozirning o‘zida to‘rt jamoa jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Niko Uilyams ayni paytda La Liga grandlari – “Barselona” va “Real”, Angliya chempioni “Manchester Siti” va tarkibini kuchaytirishga urinayotgan “Aston Villa” nishonida turibdi.
21 yoshli futbolchining “Atletik” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Xaridorlar yanvar oyidayoq futbolchi bilan muzokaraga kirishishi mumkin. Iste’dodli o‘yinchining yangi jamoaga erkin agent sifatida bepul qo‘shilish imkoniyati uning xaridorlarini yanada ko‘payishiga olib keladi.
Fikrlar