
“Barsa” bu transferni yakunlash arafasida turibdi
31 yoshli "Chelsi" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Markos Alonso tez orada "Barselona" bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitter sahifasida xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, bitim yakunlanish arafasida. Ma’lum qilinishicha, shartnoma shartlari bir oy oldin kelishilgan. Tomonlar "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning transferiga rozilik olishlari kerak edi. London klubi "Brayton" futbolchisi Mark Kukurelyani sotib olganidan so‘ng Alonsoning ketishiga ruxsat bergan.
Alonsoning "Chelsi" bilan shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portali futbolchini 12 million evroga baholagan. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda “Chelsi”ning barcha musobaqalar doirasidagi 44ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar