"Barsa" Depayni qishda sotib oladi. Dembele va Breytueyt o‘ziga yangi jamoa topishi kerak

  • 16 oktabr, 2020, 12:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati qishki transferlar davrida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha harakatlarni boshlab yubordi.

Diario Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “ko‘k-anor ranglilar” gollandiyalik yarim himoyachi Memfis Depayning transferi bo‘yicha “Lion” bilan kelishuvga erishgan.

Shu bois, “Barsa” rahbariyati maoshlarni kamaytirish va moliyaviy barqarorlikni saqlab turish uchun Usmon Dembele va Martin Breytueytga yangi jamoa qidirmoqda.

Depay joriy mavsum Frantsiya chempionatida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!