"Barsa" Fatini sotishga tayyor
"Barsa" Ansu Fatini sotishga harakat qilmoqda. Bu haqda "Relevo" nashri xabar berdi. Moliyaviy holat yaxshilanishi uchun klub bitta futbolchisidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Fati so‘nggi yillarda ko‘p jarohat olib, "Barsa"dagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. U Xavi qo‘l ostida zaxira futbolchisiga aylandi va murabbiyning ishonchidan chiqdi.
Kataloniyaliklar yozda bir qator transferlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Ular Messi, Nevesh, Kanselu, Kimmix va Silva kabi futbolchilarga qiziqmoqda.

Fikrlar