“Barsa” futbolchisiga yangi jamoa topildi
“Barselona” yarim himoyachisi Riki Puch faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. Ronald Kuman yosh futbolchiga asosiy tarkibda joy yo‘qligini ma’lum qilib, u ijarada o‘ynab, mahoratini oshirishi kerakligini aytgandi.
21 yoshli ispan futbolchining shartnomasi yozda nihoyasiga etishini inobatga olib, uni qo‘lga kiritish uchun PSJ, “Monako”, “Betis”, “Sevilya”, “Lids” va “Leyptsig” o‘zaro raqobatlashdi.
Puchning o‘zi yozda erkin agent sifatida “Leyptsig” jamoasiga qo‘shilishni tanladi. Uning ayni paytdagi transfer summasi 20 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar