“Barsa” ikki supertransferni uddalamoqchi

  • 09.03.2022 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida ikkita katta transferni hal qilmoqchi. Kataloniyaliklar birinchi navbatda, “Chelsi” himoyachisi Andreas Kristensenni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Xavi jamoasi unga besh yillik shartnoma taklif qilyapti. Evropa matbuoti tomonlar o‘zaro kelishib olgani va shu bois daniyalik himoyachi “Chelsi” takliflarini rad etib kelayotgani haqida yozmoqda.

“Barselona” mutasaddilari “Milan” yarim himoyachisi Frank Kesse bilan ham aloqani ushlab turibdi. Ivuarlik futbolchi mavsum oxirida erkin agentga aylanadi.

Tez kunlarda tomonlar o‘zaro uchrashib, muzokaraning yakuniy bosqichini boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!