
"Barsa" Levandovskini sotishi mumkin!
"Barselona" yozgi transfer oynasida hujumchi Robert Levandovskini sotishni ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda "Transfer News Live" nashri xabar bermoqda. Robertning so‘nggi o‘yinlari "ko‘k-anorranglilar" rahbariyatiga ma’qul kelmayapti.
2023/2024 yilgi mavsumda Levandovski 17 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va sheriklariga 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli "Transfermarkt" portali 35 yoshli polshalikni 30 million evroga baholamoqda.
"Barselona" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. La Liganing so‘nggi o‘yinida Xavi shogirdlari "Atletiko"ni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Fikrlar