
"Barselona" 145 mln evroga xarid qilgan futbolchisini APL klublariga taklif qilmoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino mavsumlar oralig‘ida ispan klubini tark etishi mumkin.
Goal.com manbasi kataloniyaliklar 28 yoshli braziliyalik futbolchini "Arsenal" va "Nyukasl"ga taklif qildi, deya xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, klub rahbariyati "Inter" forvardi Lautaro Martines transferi uchun byudjet to‘plash uchun ikki yil oldin 145 million evroga xarid qilingan Koutinoni zarariga sotishga ham tayyor.
Joriy mavsumni "Bavariya"da ijarada o‘tkazgan Koutino 34 o‘yinda 9 ta gol kiritib, 8 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar