“Barselona” barbod bo‘lgan transferga qaytadi
“Barselona” jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida “Inter” yarim himoyachisi Martselo Brozovichni olib kelmoqchi.
Keyingi paytda Evropa jamoalar pandemiya ta’sirida kelib chiqqan moliyaviy muammolar sababli yangi futbolchilarni sotib olish o‘rniga o‘z jamoasi vakillariga almashtirish amaliyotini ko‘p qo‘llamoqda.
Yozda kataloniyaliklar ham 28 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi o‘rniga o‘z himoyachisi Emerson Aparesidoni bermoqchi edi. Biroq, milanliklar rokirovkaga ko‘nmadi.
“Barselona” Brozovichni olish fikridan qaytmadi. Ular yanvar oyida qishki transferlar oynasi ochilishi bilan futbolchini muzokaraga taklif qiladi. Martseloning milanliklar bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. Agar u bitim yangilanmasa futbolchi Kataloniyaga erkin agent sifatida keladi.



Fikrlar