"Barselona" braziliyalik talant bilan kelishuvga erishdi
"Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Roke "Barselona"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, "ko‘k-anorranglilar" 18 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib qo‘ygan. Braziliyalik faqatgina Kataloniya klubiga o‘tishni istaydi.
Braziliya klubi Roke uchun 40 million evro so‘ramoqda. "Barsa" bu pulni to‘lashga tayyor, ammo muddat borasida ikki klub hamon kelisha olmayapti.

Fikrlar