“Barselona” buni birinchi bo‘lib bajardi

  • 03.12.2020 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasi guruh bellashuvlarining 5-turida “Barselona” safar uchrashuvida “Ferentsvarosh” darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi. Kataloniyaliklarning uchinchi golini Usmon Dembele 11  metrlik belgidan kiritdi.

Shu tariqa, “Barselona” Chempionlar ligasida ketma-ket beshta uchrashuvda penaltini amalga oshirgan birinchi jamoa sifatida tarixga kirdi.

Dembelegacha jamoa sardori Lionel Messi birinchi davrada “Ferentsvarosh”, “Yuventus” va “Dinamo”ga 11 metrlik nuqtadan to‘p kiritgan.  “Dinamo” bilan bo‘lgan yana bir o‘yinda Martin Breytueyt ham raqib darvozabonini o‘zaro duelda ojiz qoldirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!