"Barselona" direktori Messi haqida: Xech kim klubdan ustun emas

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" direktori Gilermo Amor klub sardori Lionel Messi va sport ishlari direktori Erik Abidal o‘rtasida vujudga kelgan kelishmovchilik haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Prezident Leo va Erik bilan suxbatlashdi. Bu masala klub ichida hal qilindi. Ayni damdagi vaziyatni inobatga olib birlashib, ishlashda davom etishimiz kerak. Xech kim klub manfaatlaridan ustun emas", - deya aytib o‘tdi klub direktori.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchining "ko‘k-anor rangliklar" bilan shartnomasi 2021-yil yozida yakuniga etadi, biroq Messi shartnomadagi ayrim bandlari bo‘yicha joriy mavsum so‘nggida "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!