"Barselona" EChLda rekord o‘rnatdi
Xabaringiz bor “Barselona” kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida “Lion”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning chorak finali yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, kataloniyaliklar shu tariqa EChL doirasida o‘z maydonida o‘tkazilgan ketma-ket 30-o‘yinda ham g‘alaba qozonishdi va bu borada musobaqa rekordini o‘rnatishdi. Bungacha ushbu rekord Myunxenning “Bavariya” klubiga (29) tegishli edi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” so‘nggi bor o‘z maydonida 2013 yilning 1 may kuni “Bavariya”ga (0:3) imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar