“Barselona” hujumchisi APLga qaytishi mumkin

  • 04.08.2022 12:19
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" hujumchisi Per-Emerik Obameyang Angliya Premer ligasiga qaytishi mumkin. Boisi, futbolchi "Chelsi"ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, londoniklar hujumchining vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. "Barselona"ga hozircha rasmiy taklif jo‘natilgani yo‘q.

Per-Emerik Obameyang 2022 yilning yanvaridan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Hujumchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Gabonlik forvard yakuniga etgan mavsum  “Barselona” safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!