"Barselona" Karrasko evaziga "Atletiko"ga 20 mln evro va o‘z hujumchisini taklif qilmoqda

  • 20 yanvar, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yozda “Atletiko” yarim himoyachisi Yannik Karraskoni sotib olishni rejalashtirmoqda.

ESPN xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar belgiyalik futbolchi evaziga “Atletiko”ga 15-20 million evro hamda niderlandiyalik hujumchi Memfis Depayni berishga tayyor. “Ko‘k-anorranglilar” bu taklifni allaqachon Madrid klubiga yuborgan.

Aytish kerakki, “Barsa” bundan avvalroq Depayning transferidan 3-4 million evro ishlab olishi mumkinligi xabar qilingandi.

O‘z navbatida “Atletiko” Karraskoni 60 million evroga baholamoqda.

Karrasko joriy mavsum La Ligada 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!