"Barselona" "Liverpul" himoyachisiga qiziqib qoldi

  • 26.03.2019 15:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi himoyachisi Alberto Moreno faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kataloniyaliklar 26 yoshli ispaniyalik futbolchini yozda, ya’ni uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi tugab erkin agentga aylanganida o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Ular Morenoni jamoaning asosiy himoyachilaridan biri hisoblangan Jordi Albaga munosib o‘rindosh bo‘la olishiga ishonishmoqda.

Ma’lumot uchun, Moreno joriy mavsum “Liverpul” safida bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda ishtirok etdi xolos. Uning transfer narxi esa 9 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!