"Barselona" Luis Suaresni sotib olmoqchi

  • 8 fevral, 2020, 15:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan hujumchisi Luis Suares o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.

Tecno

El Larguero nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar”ning bu boradagi e’tibori “Saragosa” forvardi Luis Suaresga tushdi. “Barsa” vakillari allaqachon ushbu masala yuzasidan 22 yoshli kolumbiyalik futbolchi bilan bog‘lanishgan.

Aytish kerakki, garchi qishki transferlar oynasi rasman yopilgan bo‘lsada, “Barselona” o‘z safiga 1 ta hujumchi qo‘shib olish huquqiga ega. Biroq, vaziyatni chigallashtirishi mumkin bo‘lgan yana bir narsa Suaresning transfer huquqi “Uotford” klubida ekanligidir. U hozir “Saragosa”da ijarada to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!