"Barselona" mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

  • 5 oktabr, 21:15
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 8-turidan o‘rin olgan “Sevilya” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu bellashuvda mezbonlar kataloniyaliklarni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

O‘yin startni faol boshlagan maydon egalari 13-daqiqada Sanchesning penaltidan urgan goli evaziga hisobni ochdi. 36-daqiqa Romera yana mehmonlar darvozasini ojiz qoldirib, oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan 7 daqiqaning so‘nggi qismida Reshford Pedrining pasini golga aylantirdi — 2:1. “Sevilya” futbolchisi Karmona 90-daqiqada o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 90+6-daqiqada Adams hisobni yirik 4-1 ko‘rinishiga keltirdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Hansi Flik shogirdlariga bu natija qimmatga tushishi mumkin. Ertaga agar “Real Madrid” o‘z ishtirokidagi uchrashuvda g‘alaba qozonsa, turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin.

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum

Seviliya

  • Alexis Sánchez 13'
  • Isaac Romero 37'
  • José Ángel Carmona 90'
  • Akor Adams 90'
Tugadi
4 : 1

05.10.2025 19:15

Barselona

  • Marcus Rashford 45'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!