“Barselona” Messi ortidan yana bir yorqin yulduzini qo‘ldan chiqardi
Kataloniya klubi Lionel Messini ushlab qola olmaganidek, jamoa yulduzi hisoblangan Usmon Dembelening ketishiga ham qarshilik qilolmasligini tan oldi.
Frantsiyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi. U klub bilan hamkorlikni davom ettirish uchun katta maosh so‘radi va moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgan “Barselona” xo‘jayinlari uning talabini bajara olmaydi.
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Dembeleni eng iste’dodli hujumkor futbolchi, deb tan olgan va uni saqlab qolishni talab qilmoqda.
Dembelega asosiy da’vogar sifatida “Manchester Yunayted” tilga olinyapti.

Fikrlar