“Barselona” muxlislari uchun xushxabar!

  • 13.07.2022 13:47
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” futbolchisi Usmon Dembele kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Frantsiyalik hujumchi Kataloniya jamoasida qoladigan bo‘ldi. U bugun “ko‘k-anorranglilar” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, deb xabar beradi “El Chiringuito” nashri.

23 yoshli forvard ispan klubi bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishib oldi. “Barselona” kelasi haftada Usmon bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, futbolchi 2017 yildan beri Kataloniya klubi sharafini himoya qilib keladi. Uning “Barsa” bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga etdi va hozirda erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.

Dembele yakuniga etgan mavsum “ko‘k-anorranglilar” safida 32 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 13 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!