
“Barselona” navbatdagi transfer uchun 60 million evro sarflashi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi yaqinda polshalik hujumchi Robert Levandovski bilan shartnoma imzoladi. Biroq, “ko‘k-anorranglilar” bu bilan to‘xtab qolishni istamayapti.
Insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ma’lum qilishicha, “Barsa” endi Frantsiya terma jamoasi himoyachisi, hozirda “Sevilya” sharafini himoya qilayotgan Jyul Kundening transferiga e’tibor qaratgan. Klub bosh murabbiyi Xavi Ernandesning shaxsan o‘zi ushbu futbolchini qo‘lga kiritish uchun harakat qilmoqda. Mutaxassisning fikricha, Kunde jamoaning himoya chizig‘i uchun ideal fulbek hisoblanadi.
Shuningdek, frantsiyalikka "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda, ammo Kataloniya klubi Jyul borasida londonliklardan ilg‘orroq harakat qilmoqchi va unga aniq taklif bilan chiqishni mo‘ljallagan.
“Transfermarkt” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar