"Barselona" prezidenti: Messi bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa etakchisi Lionel Messi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish rejalashtirilayotganini aytdi.
“Messining amaldagi shartnomasi 2021 yilda o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli biz ushbu kelishuvni uzaytirishni xohlaymiz. U hozir har tomonlama kuchli, ruhiy tomondan ham. Uning e’tibori chempion bo‘lishga qaratilgan”, - deydi Bartomeu.
Ma’lumotlarga qaraganda tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2023 yilga qadar tuziladi.
Eslatib o‘tamiz, Messi joriy mavsum kataloniyaliklar tarkibida jami34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 33ta gol hamda 18ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar