"Barselona" "Tottenxem" forvardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 13 yanvar, 2019, 15:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Tottenxem" hujumchisi Fernando Lorentega qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 33 yoshli ispaniyalik futbolchining “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois kataloniyaliklar uni arzimagan mablag‘ evaziga o‘z saflariga qo‘shib olishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Lorente joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq gol ura olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!