
"Barselona" Traoreni ortga qaytarmoqchi
Evropaning bir qator kuchli klublari yozgi transferlar oynasi davomida "bo‘rilar" hujumchisi Adama Traoreni o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.
Ayniqsa, futbolchining sobiq jamoasi "Barselona" hujumdagi muammolarni ispaniyalik forvard bilan bartaraf etmoqchi. Ammo ular boshqa gigant klublar uchun kurashishga majbur.
Shunga tayanib aytishimiz mumkinki, kataloniyaliklar 24 yoshli futbolchi transferi uchun katta mablag‘ sarflashlariga to‘g‘ri keladi. transfermarkt.de ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi transfer narxi 28 mln evroni tashkil qilyapti. Biroq bu mablag‘ yozda yanada ko‘tarilish ehtimoli yuqori.
Ma’lumot uchun, Adama ushbu mavsum Premer-liganing 24 o‘yinida ishtirok etib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar