
"Barselona" va "Milan"ning sobiq futbolchisi "Lokomotiv" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
"Uotford" yarim himoyachisi Jerar Deulofeuning agenti mijoziga "Lokomotiv"dan taklif bo‘layotganini ma’lum qildi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
“Jerar chindan ham “Lokomotiv”ga o‘tishga yaqin. U ijaraga ketishi mumkin. Hozir biz muzokaralar o‘tkazyapmiz”, - dedi agent.
Deulofeu “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum “Uotford” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar