"Barselona" va "Real" "fitna"ga bosh qo‘shmadi
Evropa klublari uyushmasiga kiruvchi "Barselona" va "Real" rahbariyati "Bavariya" klubning boshqaruvi raisi Karl-Xaynts Rummenigge tomonidan FIFA prezidenti Janni Infantinoga yozilgan maktubni imzolashdan bosh tortdi.
Rummenigge Evropa klublari uyushmasi nomidan Infantinoga maktub yo‘llab, ushbu tashkilot a’zolari FIFAning jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 tagacha oshirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan edi. "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu va "Real" rahbari Florentino Peres ushbu maktub mazmunidan hayratga tushganliklarini ma’lum qilib, xatni imzolamadi. Shuningdek, Italiyaning aksariyat klublari ham "Bavariya" vakilining ishini ma’qullamadi.

10 yanvar kuni FIFA kengash majlisida jahon chempionati ishtirokchilari sonini oo‘irish masalasini muhokama qiladi.

Fikrlar