"Barselona" va "Yuventus" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. "Bavariya" esa "Benfika"ni ayab o‘tirmadi

  • 3 noyabr, 2021, 03:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi. Mazkur o‘yinlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishib chiqing! 

O‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilgan Kievning "Dinamo" klubi kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. 70-daqiqada Fatining urgan goli o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi. 



"Benfika" bilan "Alyants Arena"da bahs olib borgan "Bavariya" 5:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Myunxenliklar safida Levandovski xet-trik qayd etgan bo‘lsa,  Gnabri va Sane ham bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliya klubidan gollarga Morata va Nunes mualliflik qildi. 



Rossiyaning "Zenit" klubi ushbu turda Turinga safar uyushtirdi va 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 

Mazkur bellashuvda Paulo Dibala dubl qayd etdi. Shuningdek, Keza va Morata bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Zenit" tarkibida Azmun raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Bundan tashqari bir golda Bonuchchi ruslarga "qarashib yubordi". 



"Vilyarreal" - "Yang Boyz" 



"Sevilya" - "Lill" 



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!