
“Barselona” yana bir transferni amalga oshirishga yaqin turibdi
"Chelsi" himoyachisi Sezar Aspilikueta yozda "Barselona"ga o‘tishi mumkin. “Evening Standard” nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi Kataloniya klubi bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishib olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining yillik maoshi soliqlarni hisobga olmaganda 13 million evroni tashkil qiladi.
"Barsa" ayni damda "Chelsi" bilan transfer summasi borasida muzokara olib bormoqda. Londonliklar futbolchi uchun 7 million funt talab qilmoqda.
Himoyachining “Chelsi” bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar amal qiladi. 32 yoshli ispaniyalik o‘tgan mavsumda London klubining barcha musobaqalar doirasidagi 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar